Tabiat va kitob uyg`unligi

#Kitob_va_mutolaa_haftaligi

Bugun tumandagi 39-sonli o`rta ta`lim maktabida Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan  o`tkazilayotgan  «Kitob va mutolaa haftaligi» doirasidagi  ochiq eshiklar kuni munosabati bilan  «Barcha kitoblar sizlar uchun aziz o`quvchilar» mavzusida tabiat qo`yinida kitob targ`iboti o`tkazildi.  O`quvchilar  TAKM mutxassisi  R.Jo`rayeva tomonidan eng sara yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirildilar. 

Nodonlar-la oʻtirib-turmoqdan kitob bilan yolgʻiz qolmoq yaxshiroqdir.

Qosimbek Zokir

O`quvchilar tavsiya etilgan eng sara o`zbek va jahon adabiyoti na`munalarini tabiat qo`ynida mutolaa qilishdi. Bu albatta o`z o`rnida kitobxonlik muhitini shakllantirib, o`quvchilarni bilim olish ko`nikmalarida foydali ekanligi bilan ajralib turadi.

 📚Aziz kitobsevarlar sizlarni ham “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etamiz!