#Kitobxon_oilada_kitobxon_farzand_ulg`ayadi
Kitob mutolaasiga havas avvalo, oiladan boshlanishi, ota-onalar farzand-larida kitob o’qishga mehr uyg’otishi uchun o’zlari kitobxon bo’lishlari lozim.
Shavkat Mirziyoev
Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxon onalar ishtirokida «Kitobxon onalar» kuni o`tkazildi. Kitobxon onalar va ularning farzandlari bilan kitobxonlik, olalarda kitobxonlik muhiti, kitoblarni inson kamolotida tutgan o`rni mavzularida suhbat o`tkazildi. Eng sara asarlar targ`iboti o`tkazildi. Tadbir davomida markaz mutaxassislari S.Saidova, S.Tog`ayevalar tomonidan kitobxonlarga eng sara asarlardan parchalar so`zlab berildi.Shuningdek kitoblar o`qishga tavsiya etildi. Kitobxonlar o`zlari qiziqqan asarlar asosida kutubxonachilar bilan davra suhbati qilishdi.
Eng sara kitoblar bizning Axbot-kutubxona markazida
Manzil. Boysun tuman «Mustaqillik» MFY.
Aniq manzil: «Yoshlar bog`i» yonida
More Stories
Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat arbobi!
Navoiy ijodiga ehtirom!
Ma`rifatga baxshida umr