“Bolangiz kitob o`qiydimi?”

Boysun tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan  “Boysun tumanining 100 yilligi” oldidan otkazilayotgan yangi loyiha doirasida “Bolangiz kitob oqiydimi?” mavzusida yo`l-yo`lakay uyushmagan aholi o`rtasida so`rovnoma o`tkazildi. Boysun tuman Axborot-kutubxona markazining abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko`rstaish mutaxassislar R.Jo`rayeva, S.Tog`ayevalar tomonidan oilalarda onajonlar bilan “Bolangiz kitob o`qiydimi?” savolnomasi asosida oilalarda bolalarning kitobxonlikka bo`lgan ehtiyoji o`rganib chiqildi. Barcha xonadon sohibalari so`rovnomada faol ishtirok etishdi.

So`rovnomada ishtirok etgan uy bekalari, ularning farzandlari tuman AKM xizmati bilan qamrab olinishdi.