Yoshlarimiz faxrimiz-g`ururimiz!

Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, san’at, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh o‘g‘il-qizlarimiz mukofotlangan edi.

Bugungi tadbirda davlatimiz rahbari ushbu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. (https://t.me/shmirziyoyev/28066)

Mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi boysunlik Qudratillayev Parvez Kamol o‘g‘li ham bor.

Tumanimiz iftixori bo‘lgan Parvez Qudratillayevni keng jamoatchilik nomidan tabriklab, kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!