“Jamiyatda o`z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?”

Bugungi kunda ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Ta’lim grantlari, kasb-hunar o‘rganish markazlari, tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar hamda ijtimoiy himoya dasturlari shular jumlasidandir. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish esa ayollarning o‘z huquqlarini qay darajada bilishiga bog‘liq.

Huquqiy savodxonlik — taraqqiyot kalitidir. O‘z huquq va erkinliklarini bilgan ayol jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, mustaqil fikrlaydi va hayotda dadil qadam tashlaydi. Shunday ekan, har bir xotin-qiz huquqiy bilimlarini oshirib borishi, o‘z imkoniyatlariga ishonishi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi lozim.

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Jamiyatda o`z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?” mavzusida tadbir o`tkazildi.