- Muallifi yaxshi yoza bilgan kitoblarni oʻqib borar ekansiz, yaxshi gapirishni ham odat qilib olasiz.
- Kishining madaniy saviyasi kitoblarning oʻqib chiqilgan soni bilan emas, uqib olingan soni ila oʻlchanadi.
- Kitob oʻqishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni boshqara olishadi.
- Kitob kinodan afzal. Negaki, kishi tasavvurining koʻlami filmdagi kuchli taassurotga ega kadrlar soni kabi cheklanmaydi.
- Qancha koʻp kitob oʻqisang, birovlarga shuncha kam taqlid qilasan.
- Odamlar 2 toifaga, xususan: kitob oʻqiydiganlar va kitob oʻqiydiganlarning ogʻziga qarab yuradiganlarga boʻlinadi.
- Soʻmni tiyin tashkil etsa, oʻqib chiqilgan kitob soni bilimni.
- Aql topish uchun kitob oʻqish tana manfaatida badantarbiya bilan shugʻullanishdek gapdir.
- Kishi aqlli boʻlib qolishi uchun 10ta kitob kifoya. Oʻsha oʻntani topish uchun esa minglab kitoblarni oʻqib chiqishi kerak boʻladi.
- Yaqin doʻsting boʻlmish kitobga inon. Zero u, odatda, sukut saqlab, fursati yetganda so’zlaydi.
Информационно-библиотечный центр Байсунского района
Sahifalarimizni kuzatib boring!
More Stories
Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat arbobi!
Navoiy ijodiga ehtirom!
Ma`rifatga baxshida umr