Bir asar tarixi!

Joriy yilning 7 may kuni Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Yosh kitobsevarlar” klubi a’zolari bilan Abdulla Qaxxorning «O`tmishdan ertaklar» asari asosida davra suhbati tashkil etildi.

O‘tmishdan ertaklar – o‘zbek adabiyotining zabardast vakili bolgan Abdulla Qahhor ijodiy merosida muhim o‘rin tutadi. Bu asar nafaqat yozuvchining bolaligidan hikoya qiladi, balki o’tgan asr boshlarida millat bolalarining mashaqqatli hayoti xususida so‘z yuritadi. Nafaqat bolalar, katta avlodning savodsizligi, davr fojialari jonli va ochiq-oydin tasvirlanadi.
To‘plamning ikkinchi qismi bo’lgan hikoyalar ham o‘zbek ada­biyotining ma’naviy boyligidir. Yozuvchining ilk hikoyalar toplami 1932-yilda chop etilgan. Bugungacha bolgan davr mobaynida o‘zbek adabiyotida, jumladan, hikoyanavislikda juda ko’p asarlar yaratildi.