
Har bir kasb — muqaddas. Ammo bilim, ma’rifat va madaniyatni yoyishda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan kasblardan biri bu — kutubxonachilikdir. Kutubxonachilik oddiy ish emas, bu — jamiyatni yorituvchi mash’al, insonlarni ilmu ma’rifatga yetaklovchi ko‘prikdir.
Kutubxonachi — bu nafaqat kitoblar qo‘riqchisi, balki o‘quvchilarning yo‘l ko‘rsatuvchisi, ilm dargohining sodiq xizmatkori.

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Yosh kitobsevar kitobxonlar” klubida «Kutubxonachilik kasbi mening faxrimdir» mavzusida ochiq eshiklar kuni o`tkazildi.
Ochiq eshiklar kunida Axborot-kutubxona markazi xodimi Sh.Xolmamatova “Men kasbim orqali yosh avlodni kitobga oshno qilishga, ularning tafakkurini boyitishga xizmat qilaman. Har safar bir bolakay yangi kitobga qiziqib murojaat qilsa, ko‘zimda faxr uchquni chaqnaydi. Chunki bu — kelajakka yo‘l ochayotgan bir qadamdir” deya bolajonlar bilan suhbat qurdi.
More Stories
“Inson qadri ulug`-xotirasi muqaddasdir!”
“Insonning eng yaqin do`sti kitobdir”
“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti”