
☀️Yoz fasli, ayniqsa, bolajonlarimiz uchun o‘zgacha shodlik va shukuh olib keladi, axir ular uchun bu faslda darslar va uy vazifalaridan ozod bo‘lgan ta’til kunlarini maroqli o‘tkazish damlari boshlanadi. Endi ular vaqtini o‘zlari istagandek o‘tkazishlari mumkin. O`zlari yoqtirgan kitoblarni mutoala qilishlari mumkin. O`qigan kitoblari yuzasidan do`stlari bilan suhbatlashishlari maqsadga muvofiqdir.✍️
Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi 39-sonli maktabda tashkil etilgan 10 kunlik «G`uncha» nomli oromgohda dam olayotgan bolajonlarga eng sara bolalar adabiyotlari asosida «Kitobim oftobim» mavzusida kitob targ`ibotlari o`tkazildi. Markaz mutaxassisi B.Mamatqulova tomonidan eng yaxshi asarlar, ertaklar o`qish uchun tavsiya etildi.

More Stories
«Yozgi ta`tilni kitob mutolaasi bilan o`tkazamiz!»
Bolalar oila mustahkamligi asosidir
Ertaklar bajji bolajonlarni kitobxonlikka chorlaydi