«Atrof-muhitni muhofaza qilishda aholining ongini yuksaltirish, mahalla muassasasida ekologik ta`limni rivojlantirish»

#Navbatdagi_ma’naviyat_soati

Tabiatni asrash — bu tabiiy muhitning muvozanatini saqlash, undagi biologik xilma-xillikni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan harakatlar majmuidir. Bu faoliyat insonlarning tabiatga nisbatan mas’uliyatini aks ettiradi va uning kelajagini ta’minlashga xizmat qiladi.

    Boysun tuman Axborot-kutubxona  markazida navbatdagi «Atrof-muhitni muhofaza qilishda aholining ongini yuksaltirish, mahalla muassasasida ekologik ta`limni rivojlantirish»  mavzusida ma`naviyat soati o’tkazildi. Ma`naviyat soatini Tuman Axborot-kutubxona  markazi xodimasi S.Tog`ayeva olib bordi.

Ma`naviyat soatida  «Atrof-muhitni muhofaza qilishda aholining ongini yuksaltirish, mahalla muassasasida ekologik ta`limni rivojlantirish» haqida so`z yuritildi.