
Boysun tuman AKM ko’chma kutubxonachisi tomonidan Boysun tuman ” 2- sonli DMTT “Feruza” bolalar bogchasi bilan hamkorlikda "Oilaning asosiy ma`naviy boyligi kitobxonlikda ” nomli tadbir o`tkazildi va “Ertaklar jajji bolajonlarni kitobxonlikka chorlaydi” shior ostida qiziqarli ertak qahramonlari bilan tanishtirildi. Yangi adabiyotlar tavsiya etildi.

Ma‘naviyatining shakllanishida Kitobning o’rni beqiyos. Kitob yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy, estetik tarbiya berish vositasidir, kitob ularni erkin fikrlashga, dunyoqarashining kengayishiga, go’zal nutq sohibi bo’lishga o’rgatadi. Kitob insonga sodiq do’st, uning ichida barcha ilm mujassamdirki, u kishilarni o‘tmishdan va kеlajakdan ogoh qilib turadi. Haqiqatdan ham, kitob barchamizni ezgulikka undaydigan, oldimizda turgan barcha muammolarni hal etishga yordam bеradigan kuchdir.

More Stories
Bugun “Boysun bahori” xalqaro festivali start oladi
“Ayol oila tayanchi jamiyat ko`zgusi”
“Muhammad Yusuf o`zbek xalqining sevimli shoiri”