
#Kitob_va_mutolaa_haftaligi
📚 Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida Ochiq eshiklar kuni!
Bugun 39-sonli maktab o’quvchilari tuman AKMda bo’lib. Markaz kitob fondi bilan yaqindan tanishishdi. Markaz mutaxassislari tomonidan o’quvchi yoshlarga eng sara yangi bolalar adabiyotlari tanishtirildi.
“Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida O`quvchi yoshlarni kitobxonlikka bo`lgan qiziqishlarini o`rganish maqsadida “Siz kitob o`qiysizmi?” mavzusida so`rovnoma o`tkazildi. O`quvchilar so`rovnomada faol ishtiriok etishdi.

Yoshlar bizning kelajagimiz, kelajakda mamlakatimiz taraqqiyoti bugun o`sib ulg`ayotgan yoshlar qo`lida. Yoshlari bilim olib ma`naviyatli bo`lib ulg`aygan mamlakatning taraqqiyoti yuksaladi.
Ushbu o’tkazilayotgan tadbirlar aynan oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizning asosidir.
📚Aziz kitobsevarlar sizlarni ham “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etamiz!

More Stories
Salom aziz kutubxonam!
“Tabiatni asrash har birimizni qo`limizda”
“Erkinlik va jamiyat rivoji uchun jonini qurbon qilgan-qatag`on qurbonlari”