Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

“Vatan yagonadir-vatan yagona!”

#Jarayon

#Vatan_yagonadir_vatan_yagona!

  Bugun Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida  “Vatan yagonadir-vatan yagona!” mavzusida tadbir o`tkazildi. Tadbrida 6-sonli umumiy o`rta ta`lim  maktabida  tashkil qilingan   “Jasorat maktabi” ning  ustozlari va  5 sinf oʻquvchilari faol ishtirok etishdi.

  Tadbir davomida Yangi O`zbekistonimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga ko`rsatilayotgan imkoniyatlar haqida ustozlar tomonidan fikrlar bildirildi.

Boysun tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi mas`ul xodimi A.Qaxxorov vatan haqida o`z fikrlarini bildirib- “Vatan har bir inson uchun eng ulug‘ tushuncha. Inson qayerda dunyoga kelmasin, uning yuragi har doim o‘z Vatani deb uradi.  Mening Vatanim – O‘zbekiston, tinchlik va farovonlik maskani. Har bir yosh avlodning asosiy vazifasi – Vatan oldidagi burchini ado etish, uni asrab-avaylash va yanada rivojlantirish uchun o‘z hissasini qo‘shishdir” deya ta`kidlab o`tdilar.