
#Boysun_bilim_va_ruhiy_yuksalish_manbai.
#Boysun_madaniy_meroslari_kitobxonlar_nigohida.
Bugun Boysun tuman Axborot-kutubxona markazining bibliografiya bo`limi tomonidan faol kitobxonlar bilan birgalikda tumandagi “YUNESKO” majmuasida sayohat uyushtirishdi. Sayohat davomida kitobxonlarga madaniy merosimiz urf odatlarimiz namunalari qo`l mehnati asosida tayyorlangan kashtachilik ijod namunalari tanishtirildi.
Shuningdek milliy qadriyatlarimiz aks etgan ijod namunalari tarixi hunarmandlar sulolasi o`rganib chiqildi.

Kashtachilik, do‘ppichilik san’atida har bir millatning o‘ziga xos eng ko‘p qo‘llaydigan naqshlari bo‘ladi. CHunonchi o‘zbek kashtalarida o‘simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko‘p bo‘ladi. Boysunlik hunarmand Nilufar Oripova ham bugungi kunda hunarmandlar oilasining beshinchi avlod vakili bo‘lib, uning kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuxrat qozongan. Uning qo‘llari bilan tikilgan so‘zana, zardevor, do‘ppilari faqat xonadonlarda emas, balki muzeylarda doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan. U shogirdlari yordamida 22 metrli so‘zana tikdi. Ushbu so‘zana o‘ziga xos go‘zallik, nafis bezaklarni rang-barangligi bilan kishilarni o‘ziga rom etadi.


More Stories
“Ёшлар таянч бўлса, эл юксалади”
“Boysun bilim va ruhiy yuksalish manbai”
“Ertaklar jajji bolajonlarni kitobxonlikka chorlaydi”