
#Kitob_va_mutolaa_haftaligi
Bugun tumandagi 39-sonli o`rta ta`lim maktabida Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan o`tkazilayotgan “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasidagi ochiq eshiklar kuni munosabati bilan “Barcha kitoblar sizlar uchun aziz o`quvchilar” mavzusida tabiat qo`yinida kitob targ`iboti o`tkazildi. O`quvchilar TAKM mutxassisi R.Jo`rayeva tomonidan eng sara yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirildilar.

Nodonlar-la oʻtirib-turmoqdan kitob bilan yolgʻiz qolmoq yaxshiroqdir.
Qosimbek Zokir

O`quvchilar tavsiya etilgan eng sara o`zbek va jahon adabiyoti na`munalarini tabiat qo`ynida mutolaa qilishdi. Bu albatta o`z o`rnida kitobxonlik muhitini shakllantirib, o`quvchilarni bilim olish ko`nikmalarida foydali ekanligi bilan ajralib turadi.

📚Aziz kitobsevarlar sizlarni ham “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etamiz!
More Stories
“Kitob va mutolaa haftaligi”
Mulohaza qiling
“Kitob va mutolaa haftaligi”