Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

Xalqimizning milliy merosi avlodlar ijodida davom etmoqda.

Yurtimizda hunarmandchilikazaldan otadan bolaga oʼtib kelayotgan muqaddas meros hisoblanadi. Аna shunday sulolalardan biri — Jummaevlar Izzatulla Ziyodullaevichlar oilasidir. Jummaev Izzatulla Ziyodullaevich 1963 yil 20 fevralda Boysun tumani “Chorchinor” mahallasida tavallud topgan. Usta hozirgi kunda “Gaza” mahallasi “Аlgoritim” koʼchasida yashab ijod qilib kelmoqda.

Jummaev Izzatulla ushbu anʼanani munosib davom ettirmoqda. U asosan yogʼochdan oshxona buyumlari — qoshiq, lagan, toʼgʼrama taxtasi, kosa, finjon va boshqa roʼzgʼor anjomlarini tayyorlaydi. Har bir buyumda xalqimizning milliyligi, qadimiy anʼanalarini oʼzida aks ettirgan holda mujassam etadi. Izzatulla Jummaev ish jarayonida tabiiy va sifatli yogʼoch turlaridan tut , yongoq , tol daraxtlaridan foydalanib, ekologik toza mahsulot yaratishga alohida eʼtibor qaratadi.