Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

13-apreldan “Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”boshlandi

📚✨ “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Kitobxonlik haftaligi boshlandi!

Boysun tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, mutolaa madaniyatining ahamiyati hamda yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashdagi o‘rni alohida ta’kidlab o‘tildi.

🎉 Shundan so‘ng, haftalik rasman ochiq deb e’lon qilindi!

📖 Haftalik davomida turli adabiy uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar, seminarlar, ko‘rgazmalar va intellektual loyihalar tashkil etilib, keng jamoatchilikni qamrab oladi.

🌟 Barchani ushbu ma’naviyat va ma’rifat bayramida faol ishtirok etishga chorlaymiz!