Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Qatag’on qurbonlari -istiqlol fidoyilari” mavzusida tadbir o`tkazildi.

XX asrning eng ayanchli sahifalaridan biri — qatag‘on yillari hisoblanadi. Bu davrda minglab begunoh insonlar “xalq dushmani” degan soxta ayblar bilan jazolandi, surgun qilindi yoki umridan ayrildi. Ular orasida xalqning ma’rifati, erkinligi va kelajagi uchun kurashgan jadidlar, olimlar, yozuvchilar va davlat arboblari bor edi. Shu sababli ular “istiqlol fidoyilari” deb e’tirof etiladi.

Bugungi yosh avlod istiqlol fidoyilarining hayoti va faoliyatidan saboq olib, Vatanga sadoqat, erkinlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi muhimdir. Chunki yurt ozodligi va xalq tinchligi uchun kurashgan insonlarni xotirlash — millatning o‘z tarixiga bo‘lgan hurmatidir.

📚Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Qatag’on qurbonlari -istiqlol fidoyilari” mavzusida tadbir o`tkazildi.