
#Navbatdagi_ma’naviyat_soati
Tabiatni asrash — bu tabiiy muhitning muvozanatini saqlash, undagi biologik xilma-xillikni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan harakatlar majmuidir. Bu faoliyat insonlarning tabiatga nisbatan mas’uliyatini aks ettiradi va uning kelajagini ta’minlashga xizmat qiladi.
Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida navbatdagi «Atrof-muhitni muhofaza qilishda aholining ongini yuksaltirish, mahalla muassasasida ekologik ta`limni rivojlantirish» mavzusida ma`naviyat soati o’tkazildi. Ma`naviyat soatini Tuman Axborot-kutubxona markazi xodimasi S.Tog`ayeva olib bordi.
Ma`naviyat soatida «Atrof-muhitni muhofaza qilishda aholining ongini yuksaltirish, mahalla muassasasida ekologik ta`limni rivojlantirish» haqida so`z yuritildi.

More Stories
“Kitob_barcha_imkoniyatlar_kalitidir”
“Tabiatni asrash har birimizni qo`limizda”
«Yangi adabiyotlar kitobxonlarni chorlaydi»