
#30_iyul_Xalqlar_doʻstligi_kuni!
Mamlakatimizda yagona va ahil oila bo‘lib yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillari bo‘lgan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ko‘pmillatli butun xalqimizni 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni bilan muborakbod etamiz!
157 ta milliy-madaniy markaz, 42 ta do‘stlik jamiyati va xorijdagi 100 dan ortiq vatandoshlar jamoat birlashmalari davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda yurtimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhiti, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligini mustahkamlash, chet ellar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalar, xalq diplomatiyasini har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ijobiy natijalarga erishmoqda.
Bugungi bayram – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Boysun tuman madaniyat uyida «O`zbekistob-do`stlik va birodarlik ulug`lagan yurt» nomli tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda tuman Axborot – kutubxona markazi xodimlari kitoblar ko`rgazmasini tashkil etdi.

More Stories
«Atrof-muhitni muhofaza qilishda aholining ongini yuksaltirish, mahalla muassasasida ekologik ta`limni rivojlantirish»
“Kitob_barcha_imkoniyatlar_kalitidir”
“Tabiatni asrash har birimizni qo`limizda”