
#Kitob_va_mutolaa_haftaligi
📚 Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida Ochiq eshiklar kuni!
Bugun 39-sonli maktab o’quvchilari tuman AKMda bo’lib. Markaz kitob fondi bilan yaqindan tanishishdi. Markaz mutaxassislari tomonidan o’quvchi yoshlarga eng sara yangi bolalar adabiyotlari tanishtirildi.
«Kitob va mutolaa haftaligi» doirasida O`quvchi yoshlarni kitobxonlikka bo`lgan qiziqishlarini o`rganish maqsadida «Siz kitob o`qiysizmi?» mavzusida so`rovnoma o`tkazildi. O`quvchilar so`rovnomada faol ishtiriok etishdi.

Yoshlar bizning kelajagimiz, kelajakda mamlakatimiz taraqqiyoti bugun o`sib ulg`ayotgan yoshlar qo`lida. Yoshlari bilim olib ma`naviyatli bo`lib ulg`aygan mamlakatning taraqqiyoti yuksaladi.
Ushbu o’tkazilayotgan tadbirlar aynan oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizning asosidir.
📚Aziz kitobsevarlar sizlarni ham “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etamiz!

More Stories
“Abdulla Qodiriy-o`zbek romanchiligi asoschisi”
“Kutubxona bilan ilk tanishuv”
“Amir Temur-buyuk davlat arbobi”- Buyuk Sohibqiron Amir Temur (1336-1405)tavalludining 690 yilligiga bag`ishlangan tadbir