
#Jarayon
#Tabiatni_asrash_burchimizdir
Boysun tumanidagi 39-sonli maktabning boshlang`ich sinf` o`quvchilari o`rtasida «Tabiatni asrash burchimizdir» loyihasi asosida tabiat bergan ne`matlarni uvol qilmasdan yig`ib-terib olish marosimi bo`lgan «Hosil bayrami» tadbiri keng nishonlandi.

Bu bayram qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi odamlar uchun juda muhim, chunki u yil davomida mehnat qilib olingan hosilning samarasini nishonlashdir.
Tadbir davomida maktabning 4 -G sinf o`quvchilari juda faol ishtirok etishdi. O`quvchilar tomonidan tabiat, hosildorlik haqida she`r va qo`shiqlar, sahna ko`rinishlar ijro etildi.

Qiz bolalar o`rtasida «Pazanda qizaloq» tanlovi o`tkazilib, qizaloqlar hosildorlik mahsulotlaridan onajonlaridan o`rgangan salatlarni tayyorlab, tadbir mehmonlariga ulashdilar.
More Stories
“Abdulla Qodiriy-o`zbek romanchiligi asoschisi”
“Kutubxona bilan ilk tanishuv”
“Amir Temur-buyuk davlat arbobi”- Buyuk Sohibqiron Amir Temur (1336-1405)tavalludining 690 yilligiga bag`ishlangan tadbir