VATAN HAQIDA SHE`RLAR TURKUMI<\/p>\n\n\n\n
Iftixorimsan vatan<\/h1>\n\n\n\n
O\u2019ZBEKISTON DAVLATI<\/p>\n\n\n\n
O\u2019zbekiston bayrog\u2018i ko\u2018tarildi chinakam,
Ushbu kunni, ayting-chi, qay birimiz kutmadik.
Zarur bo\u2018lgan chog\u2018da goh dor tagida turib ham,
Qay birimiz tarixning sinovidan o\u2018tmadik.
Dong\u2018il safarga chiqdi endi hur O\u2019zbekiston,
Kimgadir oyoqosti, kimga u osmon bo\u2018ldi.
Shukrkim, o\u2018z-o\u2018zini tanidi keksa jahon,
Ya\u2019ni o\u2018zbek Davlatin jumlai jahon bildi.<\/p>\n\n\n\n
Ne-ne kamsituvlarni ko\u2018rgan shu boshim bilan,
Ona xalqim, qoshingda tizza bukib turibman.
O\u2019zbekcha gapirganda, bir chuqum oshim bilan
Sadaqai baxting deb borim to\u2018kib turibman.<\/p>\n\n\n\n
Garchi doim ungandir gulchechaklar bog\u2018imda,
Temur va Navoiyni eslaymiz takror-takror.
Men-ku uzoq yasharman, lekin ketar chog\u2018imda
Tepamda egilajak o\u2018z tug\u2018im – bayrog\u2018im bor!<\/p>\n\n\n\n
Nasib etmish bu kunlar, taralsin yangroq unlar,
Do\u2018stlar bilar yonma-yon qutlaylik bu ayyomni.
Iloyo, boshimizga kelmasin qaro kunlar,
O\u2019zbegim, deb ko\u2018taring, do\u2018stlarim, oltin jomni.
1992 yil, 4 mart
O’zbegim <\/strong><\/p>\n\n\n\n
Omad qushi tanlagan seni,
Unutmaysan hech birimizni.
Yaxshilikka sarflagan kuchni,
Dunyo bilar \u00f4zbek nomini!<\/p>\n\n\n\n
Bizdan faqat ozod yurt qolar,
\u00d4zbegimga doim baxt kular.
Yosh-u qari omading tilar,
Dunyo bilar \u00f4zbek nomini!<\/p>\n\n\n\n
Tinchlik nomi \u00f4zbegim \u00f4zing,
Bajargaysan har aytgan s\u00f4zing.
Q\u00f4ldan kelmas y\u00f4qdiz bir ishing,
Dunyo bilar \u00f4zbek nomini!<\/p>\n\n\n\n
Hech bir yurtga qaram emassan,
\u00d4zbek nomi bizga keraksan.
Mening baxtim \u00f4zbek \u00f4zingsan,
Dunyo bilar \u00f4zbek nomini!<\/p>\n\n\n\n
Doim meni q\u00f4llagan Vatan!
Bolam deya allalar aytgan.
Senga sodiq \u00f4g’lon b\u00f4laman,
Dunyo bilar \u00f4zbek nomini!<\/p>\n\n\n\n
Xor b\u00f4lmaydi hech qachon \u00f4zbek,
Zor b\u00f4lmaydi hech qachon \u00f4zbek.
Buyuk davlat buyukdir \u00f4zbek,
Dunyo bilar \u00f4zbek nomini!<\/p>\n\n\n\n
Or-nomus deb kurashgan \u00f4zbek,
\u00d4z nomi deb kurashgan \u00f4zbek.
Har birimiz \u00f4g’il-qizidek!
Dunyo bilar \u00f4zbek nomini!<\/p>\n\n\n\n
Yuksaklarga k\u00f4taray seni,
Bolam deya atagin meni.
Ado etay farzandlik burchni,
Dunyo bilar \u00f4zbek nomini!<\/p>\n\n\n\n
Hech yozishdan t\u00f4xtamas q\u00f4lim!
Maqtash desa tiyilmas tilim!
Ishlasam gar \u00f4zbekcha y\u00f4lim,
Dunyo bilar \u00f4zbek nomini!<\/p>\n\n\n\n
\u00d4zga yurta b\u00f4lguncha podsho,
\u00d4z yurtimga b\u00f4layin gado.
Olloximdan keldi bir sado,
Endi burchim etayin ado.<\/p>\n\n\n\n
Shamshod xizmat qiladi sizga,
Q\u00f4lni oching siz ham duoga.
Hech \u00f4xshatmang bizni birovga,
Dunyo bilar \u00f4zbek nomini!<\/p>\n\n\n\n
Serquyosh yurt <\/strong><\/p>\n\n\n\n
Quyosh nuri dilni yoritgan,
Ona zamin borini sochgan.
G’amlar emas quvonch yig’latgan.
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!<\/p>\n\n\n\n
Kim qiziqsa bizning ishlarga,
Qolmas aslo g’azzod qishlarga.
Xush navosi \u00f4xshar qushlarga,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!<\/p>\n\n\n\n
Tinch yurtim,ozod yurtim,
Har g\u00f4shasi obot yurtim.
K\u00f4nglim senla shod yurtim,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!<\/p>\n\n\n\n
\u00d4zing menga beshik b\u00f4lding,
Baxtga eltar eshik b\u00f4lding.
Har ishimga sherik b\u00f4lding,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!<\/p>\n\n\n\n
Ollox seni inom etgan,
Bu zaminda dono \u00f4sgan.
Doim bizni dunyo k\u00f4gan,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!<\/p>\n\n\n\n
Joni fido Shamshod Safar!
Senga mudom xizmat qilar.
Sendan albat qarzin uzar,
Serquyosh yurt kimda bor?
Bizga doim baxtlar yor!<\/p>\n\n\n\n
VATANIM<\/strong>
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim\u2026
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri \u2013
Ilig`imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da\u2019vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.
Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin \u2013 Qurdistonda,
Boburing \u2013 Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim\u2026
O`g`lim desang osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim\u2026
O`tgan kuning \u2013 o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo`lin bog`lab,
Dilin dog`lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim.
Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim\u2026
Sen \u2013 shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, VATANIM !
VATAN HAQIDA SHE`RLAR TURKUMI Iftixorimsan vatan O\u2019ZBEKISTON DAVLATI O\u2019zbekiston bayrog\u2018i ko\u2018tarildi chinakam,Ushbu kunni, ayting-chi, qay…<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1286,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"spay_email":""},"categories":[1],"tags":[],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.6.0","language":"uz","enabled_languages":["uz","en","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"en":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/boysuntakm.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/image-6.png","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/boysuntakm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1301"}],"collection":[{"href":"https:\/\/boysuntakm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/boysuntakm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/boysuntakm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/boysuntakm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1301"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/boysuntakm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1301\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1306,"href":"https:\/\/boysuntakm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1301\/revisions\/1306"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/boysuntakm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1286"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/boysuntakm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1301"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/boysuntakm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1301"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/boysuntakm.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1301"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}