
1- iyun «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni».✍️✍️✍️✍️
Butun dunyo bo’ylab, har yilning 1- iyun kuni «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram ko’pchilik davlatlarda «Xalqaro bolalar huquqlarini himoya qilish kuni» sifatida ham e’tirof etiladi. Mamlakatimizda bolalarning har taraflama yetuk inson bo`lib yetishishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan..

1992 yilda O‘zbekiston «Bola huquqlari to‘g‘risidagi Xalqaro Konvensiya»ni ratifikatsiya qildi va bu Konvesiyaning amalga oshirilishi ustidan monitoring tizimi yaratildi. Xo‘sh, «Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya»ning o‘zi nima? Bu — bolalar huquqi to‘g‘risidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo‘lgan hamda maqsadi kelajakka qaratilgan hujjat bo‘lib, u Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20-noyabrda bir ovozdan qabul qilingan. Bu hujjat dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun keng ahamiyatga ega.


Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

More Stories
“Jamiyatda o`z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?”
“Uyushmagan axolini kitobxonlikka jalb etish” loyihasi assosida “Ochiq osmon ostida kitob ulashamiz” mavzusida ochiq maydonlarda kitob ko`rgazma tashkil etildi.
18-may Xalqaro muzeylar kuniga bag`ishlab “Muzeylar tarixdan so`ylar” mavzusida tuman AKMning kitobxonlari bilan “Boysun jannatmakon yurt” muzeyiga sayohat tashkil etildi.