«Mutoalaa qilib, sizga ham tavsiya etamiz»

#Mutoala_qilib_sizga_ham_tavsiya_etamiz!!!

Agar har bir oʻqilgan kitob quvonch va alam, shijoat hamda ruhiy tazarru olib kelmasa, jahon adabiyoti tarixini bilishdan maʼno yoʻq. Fikr-mulohaza qilmasdan oʻqish – xushmanzara tabiat qoʻynida koʻzni bogʻlab yurmoq demak. Biz oʻzimizni va turmushimizni unutish uchun emas, balki hayot jilovini yanada ongliroq ravishda anglash uchun oʻqishimiz kerak. Kitobga dimogʻdor oʻqituvchiga qaragan qoʻrqoq oʻquvchi singari emas, balki eng baland choʻqqini zabt etmoqqa shaylangan shiddatkor alpinist kabi yondashmoq talab etiladi.

                                        Hermann Hesse.

Boysun tuman  Axborot-kutubxona markazi hamda 6-sonli musiqa maktabi hamkorlikda «Mutoalaa qilib, sizga ham tavsiya etamiz» nomli davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbatida kitob mutoalasining avzalliklari, kitobning inson hayotidagi o`rni haqida so`z yuritildi.