
📚✨ “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Kitobxonlik haftaligi!
Bolajonlarda kitobga mehr uyg‘otishda ota-onalar va o‘qituvchilarning roli juda katta. Agar ularga yoshiga mos, qiziqarli va tushunarli kitoblar tanlab berilsa, ular kitobni nafaqat o‘qish vositasi, balki do‘st sifatida qabul qiladi. Kitob o‘qish orqali ular o‘z his-tuyg‘ularini anglashni, sabr qilishni va hayotga ijobiy qarashni o‘rganadi.

📖Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi «Kunduzgi parvarish va tarbiya xizmati maskani» bolajonlari uchun “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob bor ekan qalblar yaxshilik sari intilaveradi ” nomli chelenj tashkil etildi.


More Stories
“Yo`l yo`lakay kitob o`qiymiz”
13-apreldan “Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”boshlandi
“Abdulla Qodiriy-o`zbek romanchiligi asoschisi”