Bolangiz kitob o‘qiydimi?

Farzandingizning kelajagi bugun o‘qiyotgan kitoblaridan boshlanadi. Kitob o‘qigan bola fikrlashni, to‘g‘ri xulosa chiqarishni va dunyoni kengroq anglashni o‘rganadi.
Aziz ota-onalar, farzandingizga kitob sovg‘a qiling, u bilan birga mutolaa qiling va kitob o‘qishni kundalik odatga aylantiring. Zero, kitobxon farzand — bilimli va ma’rifatli kelajak garovi! 📖✨

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Yo`l-yo`lakay kitob o`qiymiz” loyihasi asosida  kitobxonlarni kitobga bo`lgan qiziqishlarini o`rganish maqsadida “Bolangiz kitob o`qiydimi?” mavzusida so`rovnoma o`tkazildi.