
Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida bugun Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti talabalari sayohat qilishdi.
Talabalar «Boysun tumaniga mahalliy va xorijiy sayyohlarni oqimini yanada ko`paytirish» maqsadida Boysun tumanidgai diqqatga sazavor joylar va ziyoratgohlar haqida Boysun TAKMdan bibliografik ma`lumotlar olishdi.
Universitetning Sharq mamlakatlari Iqtisodiyoti, siyosati va Turizm fakulteti dekani Husanov Chori Qodirovich va talabalar bilan Tuman AKM rahbari M.Abrayev «Boysun jannatmakon yurt» mavzusida davra suhbati o`tkazishdi.

Boysun tuman Axborot-kutubxona markaziga mehmon bo`lgan Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti talabalariga markaz mutaxassisi L.Vahobova tomonidan Q.Rashidning «Boysun», «Boysunning el suygan chavandozlari» asarlari hamda «Boysun olimlari», «Boysun avliyolari», «Boysun mo`jizalari», «Omonxona mo`jizalari» kabi turkum asarlar tanishtirib o`tildi.
Boysunning tarixi, qadimiy qadamjolaridan olgan ta`ssurotlarini talabalar so`zlab berishdi.

More Stories
13-apreldan “Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”boshlandi
“Abdulla Qodiriy-o`zbek romanchiligi asoschisi”
“Kutubxona bilan ilk tanishuv”