«Tabiatni asrash burchimizdir»

#Jarayon

#Tabiatni_asrash_burchimizdir

  Boysun tumanidagi 39-sonli maktabning boshlang`ich sinf` o`quvchilari  o`rtasida «Tabiatni asrash burchimizdir» loyihasi asosida tabiat bergan ne`matlarni uvol qilmasdan yig`ib-terib olish marosimi bo`lgan  «Hosil bayrami» tadbiri keng nishonlandi.

Bu bayram qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi odamlar uchun juda muhim, chunki u yil davomida mehnat qilib olingan hosilning samarasini nishonlashdir.

   Tadbir davomida maktabning 4 -G sinf o`quvchilari  juda faol ishtirok etishdi. O`quvchilar tomonidan tabiat, hosildorlik haqida she`r va qo`shiqlar, sahna ko`rinishlar ijro etildi.

   Qiz bolalar o`rtasida «Pazanda qizaloq» tanlovi o`tkazilib, qizaloqlar hosildorlik mahsulotlaridan onajonlaridan o`rgangan salatlarni tayyorlab, tadbir mehmonlariga ulashdilar.