«Vatan yagonadir-vatan yagona!»

#Jarayon

#Vatan_yagonadir_vatan_yagona!

  Bugun Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida  «Vatan yagonadir-vatan yagona!» mavzusida tadbir o`tkazildi. Tadbrida 6-sonli umumiy o`rta ta`lim  maktabida  tashkil qilingan   «Jasorat maktabi» ning  ustozlari va  5 sinf oʻquvchilari faol ishtirok etishdi.

  Tadbir davomida Yangi O`zbekistonimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga ko`rsatilayotgan imkoniyatlar haqida ustozlar tomonidan fikrlar bildirildi.

Boysun tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi mas`ul xodimi A.Qaxxorov vatan haqida o`z fikrlarini bildirib- «Vatan har bir inson uchun eng ulug‘ tushuncha. Inson qayerda dunyoga kelmasin, uning yuragi har doim o‘z Vatani deb uradi.  Mening Vatanim – O‘zbekiston, tinchlik va farovonlik maskani. Har bir yosh avlodning asosiy vazifasi – Vatan oldidagi burchini ado etish, uni asrab-avaylash va yanada rivojlantirish uchun o‘z hissasini qo‘shishdir» deya ta`kidlab o`tdilar.