“Shukur Xolmirzayev ijodiga ehtirom”

Shukur Xolmirza adabiyot uchun ajralgan shaxs edi. Adabiyotdan boshqa
hayoti yo‘q edi. Ijod uchun o‘ziga qamalgan bunday shaxslar oz. U yurtdagi
safdoshlari bilan musobaqa qilmas, balki jahon adabiyotining yuksak
namunalarini o‘ziga mezon qilib olgan edi.

Zotan, o‘zi aytgan:
“Men bu hikoyalarning har birini dunyo adabiyoti hikoyachiligiga bo‘ylab
yozganman…”.

Adibning so‘z san’atidagi benazir darajasini kamtarona hayoti, ba’zi
“erkalik”lari yashirib turar edi.
Vatanni sevish, yurtga fido bo‘lish san’atida u barcha vatanparvar adiblarning
xos ma’naviy ustozlaridandir.
Vatan deganda, ozodlik deganda qalbi og‘riydigan inson edi u. Har kim ham
vatanni sevadi.

 

Boysun tuman Axborot kutubxona markazida Boysunlik ijojodkor Shukur Xolmirzayev (1940-2005)tavalludiga bag`ishlab “Shukur Xolmirzayev ijodiga ehtirom” nomli davra suhbati o`tkazildi.