«Ertaklar Jajji Bolajonlarni Kitobxonlikka chorlaydi»

Dunyoda milliy ertagi boʻlmagan xalq-elatning oʻzi boʻlmasa kerak. Deyarli hammamiz bobo-buvilarimiz, ota-onalarimiz, aka-opalarimiz yoki oʻqituvchilarimizdan ertak eshitib ulgʻayganmiz.

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi hamda 11-sonli  bolalar bog’chasi hamkorlikda  «Ertaklar Jajji Bolajonlarni Kitobxonlikka chorlaydi» nomli  tadbir o’tkazildi.

Tadbirda eng sara o`zbek ertaklari va   qaxramonlari haqida fikr mulohazalar yuritildi. Bolajonlarga «Kenja botir», «Ur to`qmoq» kabi ertaklar o`qib berildi.