BOSHRABOT MAHALLASIDA YANGI KUTUBXONA OCHILDI.

Мustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Boysun tumanidagi Boshrabot mahalla fuqarolar yig‘ini binosida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida yangi kutubxona tashkil etildi.

Mazkur ezgu tashabbus O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Boysun tumani bo‘limi tomonidan amalga oshirildi.

📖 Yangi kutubxona mingdan ziyod yangi badiiy kitoblar bilan ta’minlanib, kitobxonlar uchun barcha zarur qulay sharoitlar yaratildi.

Bugun ushbu kutubxonaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, Mahallalar uyushmasi raisi hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishda bunday kutubxonalarning o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladilar.

Tadbir ishtirokchilari mazkur tashabbusni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab, yangi kutubxona mahalla yoshlari va barcha kitobxonlar uchun muhim ma’naviy maskanga aylanishiga ishonch bildirdilar.