
#Jarayon
#Tabiatni_asrash_burchimizdir
Boysun tumanidagi 39-sonli maktabning boshlang`ich sinf` o`quvchilari o`rtasida “Tabiatni asrash burchimizdir” loyihasi asosida tabiat bergan ne`matlarni uvol qilmasdan yig`ib-terib olish marosimi bo`lgan “Hosil bayrami” tadbiri keng nishonlandi.

Bu bayram qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi odamlar uchun juda muhim, chunki u yil davomida mehnat qilib olingan hosilning samarasini nishonlashdir.
Tadbir davomida maktabning 4 -G sinf o`quvchilari juda faol ishtirok etishdi. O`quvchilar tomonidan tabiat, hosildorlik haqida she`r va qo`shiqlar, sahna ko`rinishlar ijro etildi.

Qiz bolalar o`rtasida “Pazanda qizaloq” tanlovi o`tkazilib, qizaloqlar hosildorlik mahsulotlaridan onajonlaridan o`rgangan salatlarni tayyorlab, tadbir mehmonlariga ulashdilar.
More Stories
Ishoqxon to`ra Ibratning ibratli hayoti..
Qatag`on qurboni bo`lgan Abdulla Qodiriy ijodiga bir nazar..
“O`zbekiston Respublikasi Konstutusiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati”