Boysun district information and library center

Sahifalarimizni kuzatib boring!

local history

“Boysun – moddiy va nomoddiy madaniyat beshigi”

Boysun dunyo tamaddunining eng qadimgi beshiklaridan biri sifatida jahon ilm-fani ahlida katta qiziqish uyg‘otib keladi. Insoniyatning ilk manzilgohlaridan biri bo‘lgan bu go‘sha go‘zal tabiat manzaralari, o‘ziga xos o‘simlik va hayvonot dunyosi, moddiy va nomoddiy madaniy boyliklari, serjilo noyob qadriyatlari bilan ham mashhur.

Boysun tumani 1926-yil 29-sentabrda tashkil topgan. Umumiy yer maydon 3,72 ming kv.km. Aholisi 115.8 ming kishi [2018]. Tuman markazi — Boysun shahri Termizdan 145 km shimoliy-gʻarbda joylashgan. Tumanda 7 ta qishloq bor: Avlod, Boysun darvadar, Machay, Rabot, Sayrob, Qoʻrgʻoncha. Yaqin temir yoʻl bekati – Elbayongacha 72 km. Xongarangsoy, Shoʻrsoy, Qayroqsoy boshqa soylardan suv ichadi.

Boysun tumani — Surxondaryo viloyatitsat tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Sherobod tumani bilan birlashtirilgan. 1965 yil 29 dekabrda qayta tuziddi). Boysun tumani viloyatning gʻarbida joylashgan. Shimoli-sharqda Sariosiyo, sharqda Qumqoʻrgʻon, janubida Qiziriq, Bandixon tumanlari, janubi-gʻarbda Sherobod tumani bilan, shimoli-gʻarbda Qashqadaryo viloyatining Qamashi va gʻarbda Dehqonobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,72 ming km². Aholisi 79 ming kishi (2000). Boysun tumanida 1 ta tumanga boʻysunuvchi shahar (Boysun), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Avlod, Boysun, Darband, Machay, Rabot, Sayrob, Qurgʻoncha) bor. Markazi — Boysun shahri Tabiati. Boysun tumani hududining shimoliy va gʻarbiy qismini Hisor togʻ tizmasi tarkibidagi Boysuntogʻ va uning tarmoqlari (Belovti, Xoʻjaboʻzbarak, Chol togʻi, Xoʻjagurgurota, Gaurli, Sariqil, KentalaMachay togʻlari, Ketmonchopti, Sarimas, Suvsiztogʻ, Kulbatogʻ va boshqalar) egallagan. Janubiy va sharqi togʻ oldi va adirlardan iborat. Togʻlar orasidagi soyliklar, togʻ oldilari oʻzlashtirilgan. Ukonit, keramzit, karbid, ohaktosh qazilma boyliklari topilgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Oʻzbekistonning boshqa togʻli tumanlaridan issiklik resurslarining ancha balandlikkacha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 850 m balandlikda 2°, 3200 m balandlikda —6°, iyulniki 830 m balandlikda 30°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 500–1200 m balandlikda 150–400 mm, 1200 m dan balandda 450–800 mm. Vegetatsiya davri 230—240 kun. Mahalliy shamollar, fyon shamoli, afgʻon shamoli esadi. Boysun tumani togʻlaridan juda koʻp dare va soylar boshlanadi. Ularning eng muhimlari: Sheroboddaryo va uning irmoqlari Machaydaryo (Oʻrmoncha, Jakandi, Olchasoy), Shurob, Xoʻjabulgansoy, Panjob, Laylagansoy; Xoʻjaipok daryosi va uning irmoqlari: Qoʻrgʻonchasoy (Xoʻjaboʻzbarak, Qizilsoy, Chindon, Oʻrtanago soylari qoʻshiluvidan hosil boʻlgan), Halqajar (Olachopon va Qayroqsoy). Bulardan tashqari Hangaronsoy (Boysun), Pulhakimsoy va boshqa bor.

Boysun tumanida qadimiy qalʼashaharlar koʻplab topilgan. Eng yiriklari: Poykoʻrgʻon, Qozimullatepa, Saribandtepa, Yalangtoʻshtepa, Darband, Munchoqtepa, Boʻyrachi, Qiziljartepa, Mullatepa, Kallaqoʻrgʻon. Ibtidoiy odamlar yashagan gʻorlar, manzillar: Teshiktosh, Machay, Katta Suluvkamar, Doʻkonxona, Amir Temur, Iskandarxon va boshqa Sayrob chinori (Sayrob qishlogʻida), Temir darvoza (Darband qishlogʻida), Teshiktosh gori (Machay qishlogʻida), Dinozavr izlari, Bibishox shotisi, Boybuloq gʻori (Qoʻrgʻoncha qishlogʻida), Poyonqoʻrgʻon (Rabot qishlogʻida) kabi tarixiy obidalar bor.

Tuproqlari boʻz tuproq, chimli, qoʻngʻir va och qoʻngʻir togʻ tuproqlari, shurxok tuprok/iap. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, yantoq, jinchak, qizgʻaldoq. boychechak, yaltirbosh, noʻxatak, togʻrayxon, kiyikoʻt, gulxayri, shuvoq; dorivor oʻsimliklardan alkor, hartol, zanjovul, oʻlmasoʻt, qontepar, oqshair; archa, yovvoyi mevali daraxtlar va boshqa usadi. Jayron, togʻ echkisi, yovvoyi choʻchka, silovsin, sugʻur, boʻri, tulki, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan kaklik, kalxat, burgut, lochin, qarchigʻay, boyoʻgʻli, olashaqshak,, chil va boshqa yashaydi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek tojiklar ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi har bir km²ga 20,8 kishi. Shaharliklar 23899 kishi, qishloq aholisi 55099 kishi.

Xoʻjaligi. Boysun tumanida sanoat kam rivojlangan. Tuman Surxondaryo viloyati sanoat mahsulotining 0,8%ini beradi. Muhim foydali qazilmalari: kumir (Boysun), tabiiy gaz (Gajak), polimetall rudalari (Boysuntogʻ), boksit (Qayroq), fosforit, kaliy tuzi (Boysun), oltingugurt, yonuvchi slanes (Boysun), qurilish materiallari va boshqa Asosiy sanoat korxonalari: “Ishonch” aksiyadorlik jamiyati, Boysun (Tuda) kumir koni, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaradigan kichik korxona va sexlar. 1994 yil Boysunda respublikada karbid ishlab chiqaruvchi birinchi korxona ishga tushirildi. Aholiga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar uyushmasi, hunarmandlar uyushmasi, 164 kichik korxona, 18 aksiyadorlik jamiyati, “Boysun”, “Boysunqurilish” va 256koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, avtokorxonalar, “Boysun” bozori bor.

Boysun tumanining asosiy tarmoqlari chorvachilik, don xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, beda urugʻchiligi, bogʻdorchilik va tokchilikdir. Boysun tumanining jami yer maydoni 329,3 ming ga, shu jumladan sugoriladigan yerlar 6,1 ming ga. Ekinzorlar jami (shu jumladan lalmi yerlar) 21,9 ming ga, kup yillik daraxtlar 1,5 ming ga. Tomorqalar, bogʻdorchilik, sabzavotchilik uyushmalarining yerlari 2,2 ming ga (1999). Boysun tumanida 9 jamoa xoʻjaligi (2 donchorvachilik, 3 chorvachilik, 2 beda urugʻchiligi, bogʻdorchiliktokchilik, asalarichilik, qishloq xoʻjaligi shirkat uyushmasi (boʻrdoqichilik), 70 ta fermer va dehqon xoʻjaliklari mavjud. Asosiy ekin maydonlari don, sabzavot, yemxashak ekinlari bilan band. “Qoʻrgʻoncha” va “Machay” jamoa xoʻjaliklari beda urugʻchiligiga, “Rabot” jamoa xujaligi bogʻdorchiliktokchilikka ixtisoslashgan. Boysun tumanida 21,8 ming qoramol, shundan 11,2 mingi sigir, 190,6 ming qoʻy va echki, 41.7 ming parranda, 184 yilqi bor (1999). Chorvachilik asosan goʻsht-yogʻ beruvchi dumbali hisori qoʻychilik, qorakoʻlchilik, yilqichilik, goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilikka (barcha xoʻjaliklarda) ixtisoslashgan. Boysun tumanida 25 ming ga oʻrmon (archazorlar) bor (1999).

Boysun tumanida tuman markazi va togʻ qishloqlarini Surxondaryo viloyatining asosiy avtomobil yoʻli — Katta Oʻzbekiston trakta bilan bogʻlaydigan yoʻllar bor. 1995 yilda qariyb 230 km uzunlikdagi Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻl kurilishi boshlandi.

1999/2000 oʻquv yilida 54 umumiy taʼlim maktablarida 18869 oʻquvchi, 2 kasb hunartexnika litseyida 944 oʻquvchi, 1 hunartexnika bilim yurtida 466 oʻquvchi oʻqidi. 83 ommaviy kutubxona, 11 klub, madaniyat uyi, sanʼat muzeyi bor. Tumanda 370 oʻrinli 5 kasalxona, “Omonxona” shifo maskani, 5 ambulatoriya, 30 feldsherakusherlik, 3 qishloq vrachlik shoxobchalarida 138 vrach, 491 oʻrta tibbiy xodim ishlab turibdi. 1932 yildan “Boysun ovozi” tuman gaz. chiqadi (adadi 2200).[1]

Tuman xududida qazilma boyliklardan koʻmir, yonuvchi silaney, oltingurgut va boshqalar topilgan. Boysun koʻmir koni yopa qatlamlarida joylashgan. 1940-yillardan oʻzlashtirila boshlagan. Boysun togʻida fosfor konlari bor. Uning 95 foizi maʼdanli oʻgit sifatida ishlatiladi.

Tuman asosan chorva, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi mahsulotlariga ihtisoslashgan. Boysunda hisor qoʻyi boqiladigan «Boysun» nasilchilik qoʻy zavodi, «Sayrob» qorakoʻlchilik, «Darband» yilqichilik — goʻsht, «Rabod» bogʻdorchilik — savzovodchilik jamoa xoʻjaliklari bor. Darbandagi qora bayr otlar nasilchilik farmasi mamlakatimizda yagonadir.

Boysunda «Ishonch» hissadorlik jamiyati, goʻsht — sut savzovodi, non zavodi, gʻisht zavodi, bir necha kishik korhonalar, fermer xoʻjaliklari bor .

Boysun shahri (20,1 ming aholi) Ketmonchopdi togʻining janubiy yonbagʻrida, Xongarangsoy boʻyida, dengiz sathidan 1200 m balandlikda joylashgan. Bu shahar Surxondaryo viloyatidagi eng qadimiy aholi manzilidir. Shaharga tutash togʻ etaklarida oʻrta paleolit davridayoq aholi yashagan. Boysun shahrining shimoli — gʻarbida joylashgan mashhur teshik tosh gʻori va uning topilmalari haqida muroqaning bosh qismida hikoya qilingan. Boysun shahrining oʻzi miloddan avalgi tahminan 5-mingyillik oxirlarida aholi manzili boʻlgan. Miloddan avvalgi I asr — milodiy I asrda bu yerda Poikalon deb atalgan qudratli qalʼa-shahar mavjud edi. Boysun nomi yozma manbalarda «Basand» shaklida dastlab 10-asrda Istahri asarlarida, nomaʼlum muallif tomonidan yozilgan «Hudud ul-olam» («Jahon mamlakatlarining chegaralari») asarida tilga olingan. Istahrining qayd etishicha, koʻplab bogʻ-rogʻlar boʻlgan bu qishloq Buxoro va Samarqanddan Chagʻaniyonga boradigan yoʻl ustida boʻlib, Chagʻaniyon shahridan ikki kunlik yoʻldir.

1951-yili artellar negizida tuman sanoat kombinati tashkil etildi, 1967-yilda u mahalliy sanoat korxonasiga aylantirildi. 1972-yil mazkur korxona negizida Boysun eksperimental shoyi toʻqish fabrikasi ish boshladi. Unda tikuvchilik, toʻquvchilik, va badiiy buyumlar ishlab chiqarish sexlari mavjud edi. 1991-yil fabrika tarkibidan tikuvchilik, trikotaj buyumlari ishlab chiqarish boʻlimlari ajratilib, Boysun «Tong yuluzi» tikuvchilik fabrikasi tashkil etildi. 1993 yil fabrika «Ishonch» hissadorlik jamiyatiga aylantirildi. Unda tayorlov, toʻqimachilik ommaviy kiyim tikish va kashtachilik sehlari bor. Asosan abirlik atlas va shoyi, beqasam, trikotaj mahsulotlari, ommaviy kiyimlar, bolalar kiyim kechaklari, toʻn — chaponlar, koʻrpa — koʻrpachalar tayorlanadi.

Boysunda Oʻzbekiston xalq yozivchisi Shukur Xolmirzayev, adiblar — Sattor Tursun va Erkin Aʼzam, shoir Usmon Azim tugʻilgan. Ming yillar davomida noyob madaniy merosni o‘z bag‘rida avaylab-asrab kelayotgan Boysun 2001-yilda YuNЕSKO tomonidan “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi” durdonasi sifatida e’tirof etilib, 2008-yilda YuNЕSKOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi” reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Bunday nodir boylikni jahonda keng tarannum etish maqsadida “Boysun bahori” ochiq folklor festivaliga asos solindi.

BOYSUNLIK YOZUVCHI VA SHOIRLAR!

Shukur Xolmirzayev (1940.24.3, Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991). Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). „Yosh gvardiya“ nashriyotida muharrir (1963–1967), Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida adabiy emakdosh (1967–1969), „Guliston“ (1969–1975) va „Sharq yulduzi“ (1978–1980) jurnallarida adabiy xodim, boʻlim mudiri.

Xolmirzayevning dastlabki hikoya va ocherklari 1958 yildan nashr etila boshlagan. Xolmirzayev ijodining ilk davridayoq xikoya bilan bir qatorda qissa janrida ham kalam tebratib, „Oq otli“ (1962), „Toʻlqinlar“ (1963), „Un sakkizga kirmagan kim bor?“ (1965) qissalarini yaratdi. Bu asarlar 60-yillardagi oʻzbek qissalarining eng yaxshi namunalaridan boʻlib qoldi. Yozuvchining shu davrda yozgan hikoyalari keyinchalik „Olis yulduzlar ostida“ (1971), „Hayot abadiy“ (1974), „Ogʻir tosh koʻchsa…“ (1980), „Yoʻllar, yoʻldoshlar“ (1984), „Bodom qishda gulladi“ (1986), „Togʻlarga qor tushdi“ (1987) singari toʻplamlaridan oʻrin oldi. Xolmirzayevning hikoya va qissalarida, bir tomondan, yoshlik va talabalik yillarining oʻziga xos romantikasi ifodalangan boʻlsa, ikkinchi tomondan, yozuvchi tugʻilib oʻsgan Boysun tumanida yashovchi turfa tabiatli kishilar hayoti, jamiyatda va ular ruhiy olamida kechgan kurash va oʻzgarishlar oʻzining badiiy talqinini topdi. Keyinchalik Boysun va boysunliklar hayoti Xolmirzayev ijodining asosiy mavzusi darajasiga koʻtarilib, yozuvchi ijodida realistik tasvirning ustuvor yoʻnalishga aylanishida muhim omil boʻldi. Xolmirzayev voqelikdagi murakkab hayotiy jarayonlar va kishilarning ziddiyatlardan iborat ruhiy olamini kashf eta borgani sayin uning dastlabki hikoya va qissalaridagi romantik pafos endi oʻz oʻrnini realizmga boʻshatib berdi va yozuvchining oʻzbek adabiyotiga „shafqatsiz realizm“ unsurlarini olib kirishiga imkoniyat yaratdi. X. 80—90-yillarda yaratgan asarlarida mazkur davrdagi jamiyat va xalq hayotining chuqur badiiy tahlilini berdi.

Xolmirzayev „Soʻnggi bekat“ (1976), „Qil koʻprik“ (1984), „Yoʻlovchi“ (1987), „Olaboʻji“ (1992), „Dinozavr“ (1kitob, 1996) singari romanlarini yozdi. X.ning „Soʻnggi bekat“, „Yoʻlovchi“ va „Olaboʻji“ romanlarida shoʻro jamiyatining 70—80-yillarga kelib ichdan yemirila boshlagani yorqin badiiy obrazlar orqali aks ettirildi. Bu romanlarda koʻtarilgan ijtimoiy masala yozuvchining „Dinozavr“ romanida oʻzining yangicha badiiy talqinini topdi. Shoʻro davlatining xalqparvar davlat ekaniga, u olib borgan ichki va tashqi siyosat xalq va mamlakat manfaatiga xizmat qiluvchi siyosat ekaniga astoydil ishongan kishining hayoti va ruhiy olamidagi ziddiyatlar kurashi tasviri mazkur romanning markazida turadi.

Xolmirzayev yozuvchilar orasida birinchilardan boʻlib oʻzbek xalqi tarixining „bosmachilik harakati“ deb atab kelingan davrini oʻrgana boshladi. Yozuvchining „Qil koʻprik“ romani va „Qora kamar“ (1987) pyesasida shu mavzu oʻz ifodasini topdi. Ularda adashgan kishilar fojiasi obrazlarda yorqin gavdalantirilgan. X. pyesasi asosida Abror Hidoyatov nomidagi Yoshlar teatrida sahnalashtirilgan „Qora kamar“ spektakli yosh avlodda tarixiy oʻtmishga yangicha yondashish maylining paydo boʻlishida muhim rol oʻynadi. Xolmirzayevning oʻzbek xotinqizlarining shoʻro davridagi fojiali taqdiriga bagʻishlangan „Ziyofat“ pyesasi ham Yoshlar teatrida sahnalashtirilgan (1990).

Xolmirzayev soʻnggi yillarda Sh. Burhonov, B. Zokirov, R. Choriyev, Shuhrat, O. Yoqubov, Oʻ. Umarbekov, A. Oripov, M. Qoʻshjonov singari taniqli adabiyot va sanʼat namoyandalari haqida esselar va adabiytanqidiy maqolalar yozdi.

Xolmirzayev — roman janrida bir qator asarlar yozgani va bu asarlar shu davr oʻzbek romannavisligi tarixida muayyan oʻringa ega boʻlishiga qaramay, avvalo hikoyanavis. U oʻz hikoyalarida A. Qodiriy, A. Qahhor kabi oʻzbek yozuvchilarining eng yaxshi anʼanalarini davom ettirish bilan birga oʻzbek hikoyanavisligini rus va Yevropa yozuvchilarining badiiy tajribalari bilan ham boyitdi. X.ning eng yaxshi hikoyalari qahramon obrazining yangi va yorqinligi, kompozitsiyasining oʻziga xosligi, qahramonlar tilining rangbarangligi bilan ajralib turadi.


Usmon Azim (taxallusi; asl ismsharifi Azimov Usmon) (1950.13.8, Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (2000), dramaturg . Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir oʻrinbosari (1976–1989), Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimida masʼul kotib (1989–1990). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida sektor mudiri, yetakchi konsultant, Prezidentning Davlat maslahatchisi (1991–1994). 2003-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatrida adabiy emakdosh.

Ilk kitobi — „Insonni tushunish“ (1979). Shundan soʻng shoirning „Holat“ (1979), „Oqibat“ (1980), „Koʻzgu“ (1983), „Surat parchalari“ (1985), „Dars“ (1985), „Ikkinchi aprel“ (1987), „Baxshiyona“ (1989), „Gʻaroyib ajdarho“ (1990), „Uygʻonish azobi“ (1991), „Gʻussa“ (1994), „Uzun tun“ (1994), „Bor ekanda, yoʻq ekan“ (1995), „Saylanma“ (1995), „Kuz“ (2001) kabi sheʼriy va „Jodu“ (2003) nasriy toʻplamlari nashr etilgan. Usmon Azim oʻzbek sheʼriyatining ufqini kengaytirib, nasriy sheʼrlardan barmoq vaznigacha boʻlgan turli vaznlarda ijod qiladi. Dastlabki sheʼrlarida insonning davr va jamiyat hayotidagi oʻrnini tushunishga, davrning ogʻriqli masalalariga eʼtibor qaratdi va shu jarayonda minbar sheʼriyati unsurlaridan foydalandi. Keyinchalik, shoir ijodida voqelikni falsafiyistioraviy obrazlar orqali idrok va tasvir etish maxorati kuchayib bordi. 80-yillar ijodida koʻzga tashlangan baxshiyona ruh sheʼriyatda yangi bir yoʻnalish yaratilishiga turtki boʻldi. 90-yillarga kelib, uning ijodida keskin oʻzgarish yuz berdi va sheʼrlarida sufiyona kayfiyat aks etdi.

Usmon Azim „Baxtli boʻlaylik“„Hujjatli film uchun syujet“„Bahodir va Malika“ singari radiopyesalar yozgan. U ana shu tajribadan foydalanib, 90-yillarda dramaturgiya bilan jiddiy shugʻullandi va „Bir qadam yoʻl“„Kunduzsiz kechalar“„Bozor“ (1997), „Alpomishning qaytishi“ (1998), „Jazava“ (2000), „Vaxt qushi“ (2002), „Oʻtgan zamon hangomalari“ (2003) pyesalarini yozdi. Bu pyesalarning aksari Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan. Usmon Azim bu pyesalarda sahna qonuniyatlarini yaxshi his etuvchi, dramaturg sifatida namoyon boʻldi. Ayni paytda u ham tarixiy, ham psixologik dramalar, ham ogʻzaki va yozma adabiyot namunalari asosida zamonaviy sahna asarlarini yarata olish isteʼdodini namoyish etdi. Usmon Azim, shuningdek, kinodramaturgiyada ham qalam tebratib, „Alisher Navoiy“ kinoqissasi (1990), „Alpomish“ kinodostoni (1997), „Sevgi“ (1998, shu nomli hikoya asosida) va 2 seriyali „Alpomish“ (2000) filmlarining ssenariysiga mualliflik qilgan. Pol Elyuar, V. Vatsiyetis, H. Dogʻlarja, A. Voznesenskiy, Yu. Marsinkyavichyus va boshqa shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Sheʼrlari inglizfransuznemispolyakmakedonturkrusgruzinestonlitvatojikqozoq va qirgʻiz tillarida nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlariga musiqa bastalangan.

Usmon Azim xalqlar doʻstligi va vatanparvarlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan sheʼrlari uchun Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1982). „Doʻstlik“ ordeni (1998) bilan mukofotlangan.[1][2][3]

Adib avval O’zbekiston radiosida muharrir (1972—1976), undan so’ng «Guliston» oynomasida bo’lim muharriri, adabiy kotib vazifalarida ishlab (1976—1981), qalamini charxladi. 1981 yildan 1986 yilgacha «Yoshlik» jurnaliga ishga o’tib, Erkin Vohidov rahbarligida jurnalning shakllanishiga, o’z muxlisini topishiga jonbozlik ko’rsatdi. Proza bo’limini boshqargan yosh adib o’z ijodi takomili bilan birga yangi talantli ijodkorlarning paydo bo’lib, oyoqqa turishida munosib hissa qo’shdi. 1986—1992 yillar davomida ijodkor G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ko’p jildli asarlar tahririyatiga mudirlik qilib, atoqli o’zbek adiblari asarlari, saylanmalarini chop etishda o’zining munosib hissasini qo’shdi. Erkin A’zam bugungi kunda O’zbekioton respublikasi milliy Axborot agentligi Bosh direktorining birinchi muovini vazifasida xizmat qilmoqda. Adibning ilk hikoyasi uning o’quvchilik yillarida yaratilgan, viloyat ro’znomasida bosilgan. Biroq talabchan ijodkor universitetni tugallagandan keyin ham ancha yillar kitob chop ettirishga shoshilmadi. 1977 yilda Erkin A’zamning «Chiroqdar o’chmagan kecha» nomli hikoyalar to’plami bosilib chiqdi. Bu mo’jaz kitobcha o’quvchilarga o’zbek adabiyotida yangi bir iste’dodli hikoyanavis dunyoga kelganligidan xabar berdi. Ushbu asarda yoshlik, talabalik yillari olovli kechinmalari katta samimiyat, ilhom bilan yoritilgan bo’lib, hikoya uslubi o’z jozibasi bilan o’quvchini sehrlab oldi. 1981 yilda chop etilgan «Otoyining tug’ilgan yili» qissa va hikoyalar to’plami kitobxon ishonchini mustahkamladi. Birinchi kichik qissasi bilan adib o’zining lirik tasvir uslubidan tashqari hayotiy, serzavq, yumoristik badiiy ifodaga moyilligini ham namoyish qildi. Shundan so’ng iste’dodli adibning «Olam yamyashil» (1984), «Javob» (1987), «Bayramdan boshqa kunlar» (1989), «Mir ves v svetax» (1989) kabi bir qator qissa va hikoyalar to’plamlari bosmadan chiqdi. Bu asarlarda zamondoshlarimiz hayotidan hikoya qilinib, axloq, e’tiqod, burch, oddiy iisoniy munosabatlar o’ziga xos uslubda badiiy aks ettiriladi. Erkin A’zam prozasi Abdulla Qahhor, Shukur Xolmirzayev ijodiy namunalari kabi lo’nda va to’la ifodasi, shafqasiz realizmi va professional mahorati bilan boshqa yozuvchilar asarlaridan keskin ajralib turadi. Erkin A’zam hikoya va qissalari rus, ukrain, belorus, qozoq, tojik, turkman, gruzin, bulg’or, chex tillariga tarjima qilingan. Adibning o’zi ham o’zga xalqlar adiblari asarlarini rus tilidan o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Yozuvchi 1982 yilda respublikamiz Yoshlar Ittifoqi mukofotiga sazovor bo’lgan. Adibning «Anoyining jaydari olmasi» hikoyasi asosida badiiy film suratga olingan. Hikoyalari radiopostanovka qilingan Erkin A’zam ayni ijodiy kamolat yoshida ilhom bilan ijod qilmoqda.

Xidir  Chorshanbiyev-1949 yilda tog’li Boysunning Pulxokim   qishlog’ida tug’ulgan. Uzoq  yillar  davomida  raxbarlik  lavozimlarida  faoliyat  ko’rsatdi. Shu  bilan  birgalikda adabiyot  maydonida ham  barakali  ijod  qilib  kelmoqda. Uning “Boysunga  kel, “Alpomishning  mehri”, “Boysun mening qo’shig’im”, “Boysun  oxanglari” singari kitoblari  chop  etilgan. “Boysun  Bayozi” to’plamiga hikoya  va  she’rlari  kiritilgan.Shoirning ijodi  bilan ekansiz  beixtiyor  boysunning  qadim o’tmishiga Alpomish  yashagan  davrda yashagandek o’zingizni xis  etasiz. Bir  vaqtning  o’zida  siz zamonlar  oshib xalqimizning  chuqur  madaniyati,ma’naviyati, inson  qadir  qimmati, ota -onaga  xurmat, farzand  tarbiyasi,yurt  muxabbati  kabi g’oyalar  bilan  o’rtoqlashasiz. Boysun tumanida o’tkazilib  kelinayotgan  “Boysun  baxori” festivalining matxiyasi  muallifi xam  aynan Xidir  Chorshanbiyevdir. Aziz  kitobxon biz  imkon qadar shoir  kitoblarini elektron variyantini tayyorlab  sizga  yetkazishga  harakat qilamiz. Kanalimizda  shoir   ijodidan na’munalar  berib  boramiz. https://t.me/boysuntakmbibliografiya

Jo’rabek Ramazonov

Jo’rabek Ramazonov – 1983 yil Surxondaryo viloyatining Boysun  shaxrida tug’ulgan. Tumandagi  1- maktabda  taxsil  olgan.

Jo’rabek  Ramazonov  (1983- 2014)  ning  barcha  she’rlari  “Sevaman ” degan  bitta  so’zga  qurulgandek. Uning  gohida  oqchorloqlar erinibgina suv  satxida qiyalab  uchgan vaqtdagi ummon  sokinligi, gohida  esa to’lqinlarni vaximaga solib , esgan shamollar tug’yonini yodga  soluvchi she’rlarining barida  borliqqa,   tabiatga, odamlarga  eng muximi – Xayotga   muxabbat bor. Tiriklik karvonidan bevaqt uzilib  qolishini  sezgandek, qisqa  umr  yo’li mobaynida  o’zidan  salmoqli  she’rlar  qoldirgan xayotsevar shoirning “Tavallo”(2003),”Bugun”(2008)xamda “Yur, qochib ketamiz”(2011) to’plamlarida  e’lon  qilingan  ijod  na’munalaridandir.