Navoiy she`riyat dunyosi!

#Buyuk_ shoir_Alisher_Navoiy_580 yilligi 

Alisher Navoiyning muhabbat va bu bilan bog‘liq tug‘yonlari, xususan g‘azallari uning yigitlik davrida yozilgan. Bunga uning «Ilk devoni»ga kiritilgan, xalq orasida «Qaro ko‘zum», «Kelmadi» («Munojot») nomlari bilan mashhur bo‘lgan va kuylanadigan g‘azallari yaxshi misol bo‘la oladi. Bu kabi she’rlarida shoir pok va yuksak ishqiy kechinmalarni baland ehtiros va falsafiylik bilan ifodalab bera olgan. Uning «Topmadim» radifli g‘azali ham shu davrda, aniqrog‘i, Mashhaddan Hirotga qaytib, shaxsiy turmushini izga solish taraddudida yurganda, lekin uning moddiy jihatdan nochor ahvoldaligi tufayli oila qurishi qiyinlashgan, Sulton Abu Sayd esa uni ta’qib qilgan paytda yozilgan bo‘lib, uning har bayti yurakni tirnaydi. Alisher Navoiyning ishqiy she’rlarini faqat bir sub’ektga qaratilgan, deyish qiyin. U hayotga keng nigoh bilan qarab, barcha go‘zalliklarni nazokatli tuyg‘ularni qadrlagan, noyob so‘z va iboralar bilan qalbdan ifodalay bilgan. Lekin hayot qiyinchiliklari va ziddiyatlari orqasida o‘z orzu-umidlariga yetisha olmagan shoir o‘zining insoniy norozilik tuyg‘ularini olovli she’riy satrlarda bayon etadi.

ORAZIN YOPQACH KO’ZIMDIN…

Orazin yopqach ko’zumdin sochilur har lahza yosh,
O’ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’ach quyosh.

Qut bir bodomu yerim go’shan mehrob edi,
G’orati din etti nogah bir baloliq ko’zu qosh.

Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andog’ki aylar mehr fosh.

Bo’sae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam og’zi ichra aytur la’l ham bor nav’ tosh.

Novaking ko’nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko’nglum bila jonim talosh.

Umri jovid istasang fard o’lki, bo’ston Xizridur,
Sarvkim da’b ayladi ozodaliq birla maosh.

Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo’ygusidir barcha bosh.

   O’N SAKKIZ YOSH HAYRATLARI

O`n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur.

Desa bo`lg`aykim, yana ham o`n sakkiz yil husni bor,
O`n sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.

O`n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o`lsa, uldurur,
Husn shohi, ul balolarkim, ko`zu qoshinadur.

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor,
Barchasi ezid taolo sun`i naqqoshinadur.

Tan anga siymu ichina tosh muzmar ko`nglidin,
Aqlg`a yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.

May ketur, ey mug`ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.

To Navoiy to`kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

MUBTALO BO’LDIM SANGA

Ko’rgali husnungni zoru mubtalo bo’ldum sanga,
Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldum sanga.

Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko’ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo’ldum sanga.

Men qachon dedim: «Vafo qilg’il manga» zulm aylading,
Sen qachon deding: «Fido bo’lg’il manga» bo’ldim sanga.

Qay pari paykarga dersen telba bo’ldung bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo’ldum sanga.

Ey ko’ngul, tarki nasihat aylading ovora bo’l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo’ldum sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sanga.

G’ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo’ldum sanga.

OSHIQ O’LDUM

Oshiq o’ldum, bilmadim yor o’zgalarga yor emish,
Olloh-olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish.

Qaddig’a el mayli bo’lg’ondin ko’ngul ozurdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.

Elga novak urdi, men o’ldim erur bu turfakim,
Jonim etgan resh el bag’rig’a kirgan xor emish.

Rishtakim, muhlik yaram og’zig’a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog’idin suvurgan tor emish.

Ko’yi devoridin og’riq tang’a tushgan soyadek,
Sel g’amidin emdi soya o’rnig’a dildor emish.

Jong’a taxvif ayladim tig’i halokidin aning,
Bilmadim bu ishdin ul o’lguncha minnatdor emish.

Ey Navoiy, xo’blarni ko’rma osonlig’ bilan,
Kim biravkim soldi ko’z, uzmak ko’ngul dushvor emish.

KECHA KELGUMDIR DEBON…

Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtimu chektim yo’lida intizor,
Keldi jon og’zimg’avu ul sho’xi badxo’ kelmadi.

Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro’zgorimdek ham o’lg’onda qorong’u kelmadi.

Ul parivash hajridinkim yig’ladim devonavor,
Kimsa bormukim anga ko’rganda kulgu kelmadi.

Ko’zlarindin necha suv kelgay deb o’lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan bu kecha suv kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo’qsakim qo’ydi qadam,
Yo’lg’akim avval qadam ma’shuqa o’tro’ kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko’nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.

Alisher Navoiyda keksalik chog‘larida barcha she’rlarini yig‘ib, xronologik tartibda 4 devon tuzish g‘oyasi bo‘lgan. Biroq «Xazoyin ul-maoniy»ni tuzishda muharrirlik vazifasini bajargan Husayn Boyqaro bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamagan ko‘rinadi. Uning «G‘aroy-ib ussig‘ar» devoni bolalik mashqlaridan, «Navodir ush-shabob» yigitlik she’rlaridangina iborat bo‘lmay, bu boshlang‘ich devonlarda shoirning keyingi davr she’riy mo‘‘jizalaridan ham namunalar borki, Husayn Boyqaro shuni ma’qul ko‘rgan. Shu sababdan «Xazoyin ul-maoniy» tarki-bidagi 4 devon nomining mazmunini shartli ma’noda tushunish, bunda she’rlar ko‘p holda aralash holda joylashtirilganini nazardan qochirmaslik zarur.
«Xazoyin ul-maoniy»dagi 4 devonning har birida 650 tadan 2600 g‘azal, umuman 4 devonda 210 qit’a, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo, 13 tuyuq, 10 muxammas, 10 chistoy, 5 musaddas, 4 tarje’band, 4 mustazod, 1 musamman, 1 tarkibband, 1 qasida, 1 masnaviy, 1 soqiynoma mavjud bo‘lib, Sharq she’riyatining 16 turi namoyondir..

Boysun TAKM AKT bo`limi tayyorladi