Buyuklar hayotiga_bir_nazar

Boysun tuman AKMda yangi loyiha!
Qadrli kitobsevarlar sahifamizda «Buyuklar-hayotiga bir nazar!» rukni ostida o`zbek va jahon adabiyoti vakillari hayoti va ijodi asosida ma`lumotlarni berib boramiz!
Saxifamizni kuzatib boring!
Saxifamizni bugungi qaxramoni «o`zbek ayollari uchun sadoqat va matonat ramzi»ga aylangan shoira Saida Zunnunova!👇👇👇

Boysun TAKM

Buyuklar_hayotiga_bir_nazar

Isteʼdodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926 yilda Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941–1943 yillarda Andijon pedagogika institutida tahsil oldi, viloyat maktablarida muallima, gazeta tahririyatlarida adabiy xodim boʻlib ishladi. Saida Zunnunovaning birinchi sheʼri 1945 yili “Paxta fronti” gazetasida bosilgan.
Saida Zunnunova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning “Gulbahor” hikoyalar toʻplamida (1956) ishchilar hayoti, oila va muhabbat mavzulari aks etgan boʻlsa, “Gulxan” (1958) qissasining asosiy qahramoni ayollar boʻlib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi oʻziga xos badiiy boʻyoqlarda ifodalangan. Adiba yozgan “Olov” (1962), “Boʻylaringdan oʻrgilay” (1972), “Direktor” kabi asarlarning qahramonlari ham munis ayollardir.

Boysun TAKM

Buyuklar_hayotiga_bir_nazar

Saida_Zunnunova_ijodidan

QIZLARJON
Sevgi o’t tashlasa yuragingizga,
Oydin tun bermasa tinchlik va uyqu.
Olam kuylaganday ko’rinsa sizga
Hamda asir etsa ajib bir tuyg’u
Tasalli izlaysiz hislaringizga,
G’azallar yodlaysiz varaqlab kitob.
Guldek qalbingizni yashnatar shunda
Sevgi satrlari bo’lib oftob.
Shunday kezda, qizlar, pok ishqingizga
Tarjimon bo’lolsa bironta baytim,
Sirdosh bo’lib qolsam hamisha sizga,
Shu mening orzuyim, shodligim, baxtim.

Boysun TAKM

Buyuklar_hayotiga_bir_nazar

Saida_Zunnunova_ijodidan

QALB

Har narsaga kuyma, deyishar menga,
Kuymagan yurakni nima qilaman.
Ortiqcha yuk qilib uni tanaga,
Yonmagan yurakni nima qilaman.

Men-ku, shoir axir, har bir inson ham,
Bebaxtdir qalbining qo’ri bo’lmasa.
Chiroq ardoqlanmas edi dam-badam,
Parpirab yonmasa, nuri bo’lmasa.