#O`z shahringni yayov kezib o`t.

O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan amalga oshiriladigan, «Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik» g’oyasini targ’ib qilish, hamda 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog’lom turmush tarzini hayotga keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi Prezident farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlab, O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan «O’z shahringni yayov kezib o’t» marafoni loyihasi asosida Boysun tuman AKM xodimlari tumanning «Sayrob qishlog`i» da bo`lib, qishloqni yayov kezib chiqishdi. Qadimiy 1000 yillik Sayrob chinori va uning atrofidagi qadimiy qadamjolarni ziyorat qilib, ularning tarixi bilan tanishib chiqishdi.

«Sayrob chinori»

Surxondaryo viloyati Boysun tumani Sayrob qishlog‘idagi azamat chinorlar o‘z bag‘rida sinoatlarni yashirib kelgan. Shulardan birining g‘aroyib tarixi haqida Mahalla gazetasi qiziqarli ma’lumotlar e’lon qildi.

Tabiat yodgorligi sifatida davlat qaramog‘iga olingan chinorning yoshi, olimlarning fikricha, 950 yilga yaqin. Uning balandligi 26, diametri naq 21 metrni tashkil etadi. Tanasining balandligi bo‘yicha o‘lchami 9,7 metrga teng. Mehrobli eshikni eslatuvchi kovagining kattaligi esa naq 7 metrga teng.

Ana shu kovakda o‘tgan asr boshlari, ya’ni Oktabr to‘ntarishiga qadar eski maktab faoliyat yuritgan va ko‘plab sayrobliklarning savodxon bo‘lishiga «hissa» qo‘shgan.

1920 yildan boshlab ko‘hna chinor qishloq kengashi idorasi sifatida xizmat qila boshlagan. 1932 –1934 yillarda birinchi otliq askarlar polkining lager kutubxonasi sifatida kitoblarga boshpana bo‘lgan. 1936 yildan boshlab esa qishloq savdo do‘koni sifatida odamlarning hojatini chiqargan.

Sayrob chinori shu qadar ulkanki hatto 20 kishi qo`l ushlangan holatda aylansa quchoqlari yetmaydi.

https://www.google.com/maps/place/Boysun+IT+Center/@38.1331355,67.0165728,12z/data=!4m22!1m16!4m15!1m6!1m2!1s0x3f4ad1cc9ad1b98d:0x9fbfc1cb2c1a7b9d!2sBoysun+IT+Center,+Boysun!2m2!1d67.2013657!2d38.1977107!1m6!1m2!1s0x3f4ae97b960640eb:0xf2bf65e87b6b2a59!2schinor,+3XG8%2BWFM,+Sairob,+Oʻzbekiston!2m2!1d66.9661695!2d38.0773427!3e0!3m4!1s0x3f4ad1cc9ad1b98d:0x9fbfc1cb2c1a7b9d!8m2!3d38.1977107!4d67.2013657