Infolib O`zbekiston-2021

O’ZBEK ADABIYOTIDA BOYSUN ADABIY MUHITINING O’RNI

Boysun tumanidagi 10-aniq fanlarni chuqirlashtirib o’qitishga ixtisoslashgan maktab internatining faollar zalida Milliy tiklanish demokratik partiyasi Boysun tuman Kengashi, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo’linmasi, tuman Xalq ta’limi bo’limi, tuman Madaniyat bo’limi hamda tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida «O’zbek adabiyotida Boysun adabiy muhitining o’rni» nomli adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Milliy tiklanish demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi «Yoshlar qanoti» yetakchi mutaxassisi Jamshid Aliyev, «Ayollar qanoti» yetakchi mutaxassisi Mahbuba Ro’ziyeva, kadrlar bo’limi boshlig’i Fahriddin Avazov shuningdek partiya tuman Kengashi faollari, deputatlar, tashkilot va idoralar rahbarlari, umumta’lim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchilari, shoir va yozuvchilar, suxandon va notiqlar, san’at ahli hamda yoshlar ishtirok etishdi.

O’qilgan she’rlar, aytilgan qo’shiqlar, baxshining xonishiyu, shupillakning nolishi, chanqovuzning ma’noli ohangi va dilbar ijrolarga hamohang bo’lgan hazil-mutoibalar tadbir ishtirokchilarini dunyo tashvishlaridan bir zum chekinib, adabiyotga, san’atga oshufta bo’lishga chorladi.

Iliq va samimiy ruhda o’tgan tadbirda bu kabi adabiy kechalarni muntazam tashkil etish borasida bir qator o’rinli takliflar bildirildi.