Sizga kitob yetkazamiz!

Boysun tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘linmasi hamda Boysun tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari hamkorligida chekka va olis hududlarda aholi va yoshlarni kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tumandagi Dashtig‘oz mahallasidagi kitobsevar oilalarga badiiy adabiyotlar hamda mutolaa uchun eng sara kitoblar yetkazildi.

Kitob – tafakkurning tolmas qanoti

Inson aqliy salohiyatining yuksalishida kitobning o‘rni beqiyos. Zero, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi.

Ne-ne ulug‘ zotlar kitobga oshno bo‘lib, yetuklikka erishgan, komil inson darajasiga yetishganlar. Darhaqiqat, donishmandlardan biri: «O‘zimdagi barcha yaxshi xislatlar uchun kitobdan bir umr minnatdorman», degan edi.

Ushbu fikr nechog‘li to‘g‘ri ekanligini ma’naviyatli har bir inson chin qalbdan his etadi.

@Boysun tuman AKM