Shukur Xolmirzayev ijodi barhyot

Bugun atoqli adib Shukur Xolmirzayev tavallud topgan kun.

XX asr o’zbek adabiyotining zamon o‘lchovida shartli ravishda uch tarixiy bosqichga ajratsak, Shukur Xolmirzayev uning so‘nggi bosqichida so‘z san’atimizni yangi saviyaga ko‘tarishga salmoqli hissa qo‘shgan zabardast adiblarimizdan biridir.

Shukur Xolmirzayev 1940 yil 24 martda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan.

“Men adabiyotni qismatim deb aytib qo‘yganman. Buni o‘zim bilaman. Olloh biladi” deya ijod bilan yonayotgan yozuvchi 2005 yil 29 sentabrda Toshkent shahrida vafot etdi.

Shukur Xolmirzayev Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori (1989), O‘zbekiston Xalq yozuvchisi ( 1991), “Mehnat shuhrati” (1999) ordeni bilan taqdirlangan.