Pirimqul Qodirovning «Yon daftaridan»

Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida tarixiy asarlar asosida qalam tebratgan sevimli adibimiz Pirimqul Qodirov (1928-2010) tavalludining 94 yilligiga bag`ishlab «Pirimqul Qodirovning «Yon daftaridan» nomli davra suhbati o`tkazildi.

Betakror asarlari bilan millionlab adabiyot ixlosmandlari qalbini zabt etgan atoqli adib, O’zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovdan katta ma’naviy meros qoldi. Adibning “Studentlar” degan birinchi kitobi 1950 yilda nashr etilganidayoq Abdulla Qahhor, Oybek, Zulfiya kabi ustozlari e’tiborini qozongandi.

1958 yilda ilk bora chop etilgan “Uch ildiz” romani adabiyot ixlosmandlari qalbidan o’rin olgandi. Shundan so’ng, “Qora ko’zlar” (1966), “Olmos kamar” (1977),“Yulduzli tunlar” (1979), “Avlodlar dovoni” (1988), “Ona lochin vidosi” (2000), “Shohruh va Gavharshod” (2009) romanlari ham kitobxonlarning ma’naviy mulkiga aylangan.

(Ushbu sur`at internetdan olingan)