Alisher Navoiyning barhayot ijodi

  Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligiga bag`ishlab «Alisher Navoiyning barhayot ijodi» nomli davra suhbati o`tkazildi.  Davra suhbatida faol kitobxonlar ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida Alisher Navoiyning biz avlodlarga qoldirgan  ulkan merosi, asarlari tanishtirib o`tildi. Kitobxonlar o`zlari yod olgan g`azal va ruboiylardan na`munalar aytishdi.