Bugun 9-fevral ulug‘ bobokalonimiz, o‘zbek tilining asoschisi, buyuk so‘z san’atkori, shoirlar sultoni, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Alisher Navoiy (1441-1501) – buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chig‘atoy (eki o‘zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyoti hisoblanmish o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. Umuman olganda, butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik shaxs yo‘qdir.
Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000 ga yaqin misrani tashkil etadi. 1483-1485 yillar Navoiy o‘z ichiga besh dostonni olgan “Hamsa” asarini yaratgan.

📌Alisher Navoiy haqida 7 ta qiziqarli fakt

1.Navoiy ikki taxallus ostida ijod qilgan. U Navoiy taxallusi ostida turkiy tilda ijod qilgan bo‘lsa, forsiy tildagi ijodi Foniy taxallusi bilan tanilgan.

  1. Alisher Navoiy ijodkor ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi Abu Said shoir bo‘lgan. Ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot sifatida tanilgan.
  2. Alisher Navoiy turkiy tilni forsiy tili bilan birga ijodga olib kirgan. Unga qadar hech kim turkiy tilda ijod qilmagan.
  3. Buyuk Sulaymon Navoiy ijodini yuqori baholagan va o‘z kutubxonasida uning qo‘lyozmalarini va asarlarini saqlagan.
  4. 2009-yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan.
  5. Dunyoda Alisher Navoiyga qo‘yilgan bir nechta yodgorlik mavjud: Moskva, Navoiy, O‘sh, Toshkent, Samarqand, Boku, Tokio, Shanxay. Vashingtonda ham Navoiyga yodgorlik o‘rnatish rejalashtirilgan.
  6. Alisher Navoiy Naqshbandiyning so‘fiylik tariqatida bo‘lgan. Uning so‘fiylik falsafiy-estetik qarashlari “Lison ut-Tayr” asarida aks etgan.