
“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan keng ko`lamda tashkil etldi.

Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov tuman axborot-kutubxona markazida bo‘lib, ziyo maskanida xodimlar va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
🫥 Kutubxona jamoasining kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirib, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yosh avlodning milliy g‘urur, iftixor, Vatanga muhabbat va yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari haqida dildan suhbatlashdi. Kitob fondi bilan qiziqdi.
🫥 Uchrashuv davomida tuman rahbari axborot-kutubxona markaziga 600 dona she’riy va nasriy, jahon adabiyoti durdonalari, ijodiy-ilmiy asarlardan iborat kitoblar jamlanmasini topshirdi.
🫥 Tuman hokimining tuhfasi bilan axborot-kutubxona markazi 20 mingga yaqin kitob fondiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari 600 ga yaqin elektron adabiyotlar mavjud.
🫥 Mamlakatimizda kitob mutolaasi va kitobxonlik keng targ‘ib qilinayotgan hozirgi paytda tuman hokimining ma’rifat maskani bilan tanishib, kitob fondini boyitishga hissa qo‘shgan boshqa rahbarlar ham ibrat olsa arziydigan fazilat.

More Stories
“Inson qadri ulug`-xotirasi muqaddasdir!”
“Insonning eng yaqin do`sti kitobdir”
«Ertaklar Jajji Bolajonlarni Kitobxonlikka chorlaydi»