
🌿 “Tabiatni asrash — har birimizning qo‘limizda”
2026-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb nomlangani munosabati bilan Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar o‘rtasida “Tabiatni asrash — har birimizning qo‘limizda” nomli kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
📚 Tadbir davomida tabiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
🌱 Kitobxonlarga kutubxonadagi ekologiya, tabiat va atrof-muhitni asrashga oid adabiyotlar tavsiya qilindi. Kitob mutolaasi orqali yosh avlodda tabiatga mehr va mas’uliyatli munosabatni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.


💚 Tabiatni asrash — barchamizning burchimiz! Keling, tabiatni asraylik va kelajak avlodga musaffo atrof-muhit qoldiraylik!
More Stories
📚 “Kitob — barcha imkoniyatlar kalitidir”
Erkinlik va jamiyat rivoji uchun jonini qurbon qilgan — qatag‘on qurbonlari.
Siz ko‘proq qaysi janrdagi kitoblarni o‘qiysiz?