
Joriy yilning 24-fevral kuni Davlatimiz Rahbari tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida har payshanba kuni davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan “Yoshlar kuni” o‘tkazilib, tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida 13-avgust kuni Surxondaryo viloyat Axborot-kutubxona markazi derektori M.Abdushukurov, Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi direktori M.Abrayev boshchiligida yosh xodimlar ishtirokida tumandagi «Yoshlar o`quv markazi» faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tuman AKMlarda yosh kitobxonlar uchun chet tili o`qitish to`garaklarini tashkil etish rejasi ilgari surildi.


More Stories
«Oilaning asosiy ma’naviy boyligi- kitobxonlikdir»
Boysun tuman AKMda Mustaqillikning 35-yilligi bayram shukuhi!
Yoshlar kuni