
Ta’til — bu nafaqat hordiq chiqarish, balki o‘z ustimizda ishlash, yangi bilimlar olish va dunyoqarashimizni kengaytirish uchun ham ajoyib imkoniyatdir. Bo‘sh vaqtimizni kitob mutolaasi bilan mazmunli o‘tkazsak, har bir kunimiz yanada qadrli bo‘ladi.
Kitob insonning eng yaqin do‘sti, bilim va tafakkur manbaidir. Har bir o‘qilgan asar bizga yangi fikrlar, hayotiy saboqlar va go‘zal tuyg‘ular hadya etadi. Ta’tilda badiiy asarlar, tarixiy kitoblar, ilmiy va ma’rifiy adabiyotlarni o‘qish orqali bilimimizni boyitamiz.
Kitob bilan o‘tgan vaqt hech qachon bekorga ketmaydi. Mutolaa qilgan insonning fikrlashi teran, nutqi ravon, qalbi esa ma’naviy boy bo‘ladi. Shunday ekan, bu ta’tilni telefon va behuda mashg‘ulotlarga emas, kitob bilan do‘stlashishga, yangi olamlarni kashf etishga bag‘ishlaylik.
Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitob bilan mazmunli ta`til o`tkazamiz” mavzusida kitobxonlar bilan davra suhbati o`tkazidi

More Stories
Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Gender tengligi nima?” mavzusida tadbir o`tkazildi.
“Yoshlar kuni” o‘tkazildi.
“Jamiyatda o`z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?”