
#INFOLIB2026
INFOLIB ÖZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi boşlandi.
Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida INFOLIB ÖZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi davomida tumandagi 2-sonli texnikumda talabalar o`rtasida «Yangi nashrlar jozibasi-o`qishdan zavq oling» mavzusida davra suhbati o`tkazildi . Davra suhbatida tumandagi ustoz va talabalari faol ishtirok etishdi. Talabalar o`rtasida kitoblar shousini o`tkazildi. Bunda markazga kelgan yangi kitoblar asosida kitob ko`rgazmalari tashkil etilib talabalar bilan «Eng zakovatli kitobxon talaba» tanlovi ham o`tkazildi.
«Yangi nashrlar jozibasi — o‘qishdan zavq oling» — bu kutubxonalar, axborot-kutubxona markazlari va kitob do‘konlarida yangi kelgan adabiyotlarni o‘quvchilarga tanishtirish, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus kitob ko‘rgazmasi, aksiya yoki ma’naviy-ma’rifiy tadbir konsepsiyasidir.



More Stories
Kitobdan- rezyumegacha
«Moviy jamadon» loyihasi
«Yurtim bayrog`ini jahon tanisin»