
Yoz fasli – hordiq chiqarish, yangi taassurotlar olish va o‘z ustida ishlash uchun eng qulay fasllardan biridir. Bu vaqtni mazmunli o‘tkazishning eng yaxshi yo‘llaridan biri esa kitob mutolaasidir. Kitob insonning tafakkurini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi, nutq madaniyatini yuksaltiradi va qalbiga ezgulik urug‘larini qadaydi.
Har bir o‘qilgan kitob yangi bilim, yangi fikr va yangi hayotiy tajribani hadya etadi. Yoz kunlarida mutolaa qilish nafaqat bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga, balki kelajak uchun mustahkam poydevor yaratishga ham xizmat qiladi. Ayniqsa, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan muntazam tanishtirish ma’naviy kamolotning muhim omilidir.
Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Yosh kitobsevarlar” kitobxonlar klubi a’zolari bilan “Yoz- kitob mutola qilib soz o`tmoqda” mavzusida ovozli o`qish tashkil etildi.


More Stories
Boysun tuman Axborot-kutubxona markazida “Gender tengligi nima?” mavzusida tadbir o`tkazildi.
“Kitob bilan mazmunli ta`til o`tkazamiz”
“Yoshlar kuni” o‘tkazildi.